ТURKIY ISHBILARMONLARI KENGASHI BIZNES FORUMI BO‘LIB O‘TDI

5 oktyabr kuni Toshkentda O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonudan “Turkiy ishbilarmonlar kengashi yig’ilishi va investitsiya biznes forumi bo’lib o’tdi.
Tadbirlarda Turkiy Kengashga a’zo davlatlar ishbilarmon doiralarining 300 ga yaqin vakillari, shuningdek, O’zbekiston tomonidan vazirliklar va idoralarning, tadbirkorlik sub’ektlarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.
Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bog’dod Amreev o’z nutqida O’zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhiti va sarmoyaviy muhitni yaxshilash borasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda a’zo davlatlar tashkilotlari o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo, sanoat va tadbirkorlik sohalarida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, so’zga chiqanlar Turkiy Kengashning amaliy hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo, investitsiya, innovatsiya, transport, turizm, madaniy va gumanitar almashinuv sohalarini rivojlantirishga yordam beradigan samarali mintaqaviy tuzilma ekanligini ta’kidladilar.
Ishbilarmonlar kengashi yig’ilishi doirasida Turkiy kengashga a’zo davlatlar o’rtasidagi mamlakatlarning mintaqalararo hamkorlikka yo’naltirilganligi aytildi, savdo-iqtisodiy va ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari ko’rib chiqilib, Turkiy Savdo Palatalari faoliyatining asosiy yo’nalishlari belgilab olindi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Turkiy Savdo Palatasi a’zoligiga kirishi masalasini muhokama qildi (2019 yil 14-15 oktyabrda Bokuda bo‘lib o‘tadigan Turkiy kengashning 7-sammiti doirasida Turk Savdo Palatasi a’zolarining yig‘ilishida tegishli ko‘p tomonlama memorandum imzolanishi rejalashtirilgan).
Tadbirda O’zbekistonning kengashga a’zo bo’lishi savdo va investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tovarlar, kapital, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishiga bosqichma-bosqich o’tish uchun bojxona va tranzit tartib-qoidalarini soddalashtirishga, moliyaviy-bank operatsiyalarini soddalashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Turkiy Kengash Bosh kotibi Bog’dod Amreyev O’zbekistonning ushbu tashkilotga kirishini tarixiy voqea deb atadi va bu Kengashga turtki beradi va turkiyzabon davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi deya ta’kidladi.
14 sentyabr kuni O’zbekiston Turkiyzabon davlatlar uchun hamkorlik kengashini tashkil etish to’g’risidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi va shu yilning 15 oktyabrida Bokuda bo’lib o’tadigan tashkilotning ettinchi sammitida to’liq qatnashdi.
Turkiyzabon davlatlar Hamkorlik Kengashi zamonaviy turkiy davlatlarni birlashtirgan xalqaro tashkilotdir. Uning asosiy maqsadi ular o’rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdir.
Bungacha to’rt davlat kengashga a’zo bo’lgan: Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkiya. Kuzatuvchi maqomi – Vengriya davlatidir. Tashkilot tarkibiga Istanbulda joylashgan Davlat rahbarlari kengashi, tashqi ishlar vazirlari kengashi, yuqori martabali shaxslar qo’mitasi, turkiyzabon davlatlar oqsoqollar kengashi va kotibiyat kiradi.
Ishbilarmonlar kengashi doirasida Investitsiya va biznes forumi ham bo’lib o’tdi, unda 500 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan TDKga a’zo davlatlar Savdo-sanoat palatalari raislari, yuqori darajadagi hukumat vakillari, Turk kengashi mamlakatlarining ishbilarmonlari ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu forum turkiy dunyoning ishbilarmon doiralari o’rtasida ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun platformani yaratishga, shuningdek, O’zbekiston va turkiyzabon davlatlar o’rtasida tadbirkorlik, savdo, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga qaratilgan.
Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyot va valyuta bozorini liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.
Oliy martabali mehmonlar O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning ijobiy dinamikasini ta’kidladilar, respublikamiz hukumatining iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishladilar.
Investitsiya va biznes forumi doirasida, shuningdek, turkiyzabon davlatlar ishbilarmon doiralari ishtirokida «B2B» uchrashuvi bo’lib o’tdi, unda tomonlar hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda, xususan, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni muhokama qilishdi.

Яна ўқинг:  7 кун давомида

MARYAM AXMEDOBA,
AMAL SOLIEVA.

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: