Toshkent-Tomchi-Toshkent aviareysi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 30 may kuni Toshkentdagi “Miran Interneyshnl” mehmonxonasida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasining tashabbusi bilan bir qator Qirg‘iziston va O‘zbekiston kompaniyalari sayyohlik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi.
Xususan, aviakompaniya va temiryo‘l transporti kompaniyalari vakillari hamda “Inspiro travel” (Qirg‘iziston), “Aziya lyuks travel” (O‘zbekiston) kompaniyalari xodimlari sayyohlik bo‘yicha o‘z rejalarini bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir jarayonida “Issiqko‘l-2019”, “Rohat sanatoriysi” sayyohlik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Bu taqdimotlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida turistik yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Aytish lozimki, O‘zbek va qirg‘iz xalqi azaldan yaqin qo‘shni, quda-anda, ishonchli do‘st bo‘lib yashab kelishgan. Madaniyati, urf-odati va urf-odatlarimizning uyg‘unligi esa bu rishtalarning mustahkam bo‘lishiga xizmat qilib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibor xalqlarimizning asrlar davomida sinovdan o‘tgan ana shu munosabatini yangi bosqichda yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan Qirg‘izistonning Road Show II tashqi turistik ko‘rgazmasida ham 60 dan ortiq turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etib, o‘zaro hamkorlik bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishgan edi. Ushbu tadbirda qatnashgan Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vazirligi huzuridagi departament rahbari Maksat Damir o‘g‘lining ma’lumotiga ko‘ra, «2018 yilda Qirg‘izistonga umumiy 7 million turist tashrif buyurgan. Ulardan 3 mln. 285 ming nafari O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etdi va ular asosan Issiqko‘lda hordiq chiqarishdi.
Joriy yilda turistik oqim hajmini oshirish maqsadida transport logistikasiga katta e’tibor berildi.
Bunda ahamiyatli qadamlardan biri, Toshkent-Bishkek-Baliqchi poyezd yo‘nalishi tashkil qilingani bo‘ldi. May oyining oxiri yoki iyun oyining boshida ishga tushadigan temiryo‘l qatnovi ikkala mamlakat uchun birday manfaat keltiradi».
Darhaqiqat, Qirg‘izistonning 95 foizi hududi tog‘lardan va 70 foizi tog‘ cho‘qqilaridan iborat. Bu qish mavsumida ham turistlarni jalb qilish qilish uchun qulay imkoniyatdir. Shuningdek, mamlakat sohilbo‘yi turizmidan ko‘proq foyda ko‘radi hamda bu ko‘rsatkich har yili 2-3 million nafar turistni tashkil qilmoqda. Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lum qilishicha, Tomchi-Toshkent havo qatnovi yana qayta tiklanadi. Diplomatik vakolatxona ma’lumotlariga qaraganda, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan hamkorlikda yoz mavsumida mana shu yo‘nalish bo‘yicha havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, Toshkent-Tomchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2019 yilning 27 iyun kuni yo‘lga qo‘yiladi va 6 sentyabrga qadar shu yo‘nalish bo‘yicha samolyotlar har payshanba kuni parvoz qiladi.
Bundan avvalroq havo qatnovi boshlanishidan avval ikki mamlakat jurnalistlari uchun tanishuv parvozlari o‘tkazilishi borasida xabar berilgan edi.
Toshkent-Tomchi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar yoz mavsumida 2018 yilda ham amalga oshirilgan edi, ammo yo‘lovchilar oz bo‘lgani bois parvozlar o‘zini qoplamagan va iyul oyida parvozlarni to‘xtatilgan edi.
Quvonarlisi, endi Toshkent-Tomchi yo‘nalishining ochilishi O‘zbekistondan sayyohlarning Issiq ko‘lga jalb qilishga yordam berishi bilan bir qatorda bordi-keldi munosabatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Yana o‘qing:  2017 yil 10 martdan 10 000 so‘mlik muomalaga kiritiladi

Amal Soliyeva,
Maryam Ahmedova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: