Toshkent maktablariga 10-11 sinflar qaytarildi

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik ota-onalar 10-11 sinflarning qaytarilishiga ovoz bergan.

18 iyun kuni 110 sonli maktabda Toshkentning barcha umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi Ahmadhoji Yunusxo‘jayev, shuningdek, Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov rahbarligida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandlarini 10-11 sinflarda o‘qitish istagini bildirgan.

Yig‘ilishda 10-11 sinf o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash masalasi ham ko‘tarildi.

Shuningdek, 10-11 sinf o‘quvchilari uchun amaliyot tizimi joriy qilinadi, ya’ni ular maktab dasturi bo‘yicha 4 kun o‘qitiladi, 2 kun davomida esa ular tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliyot o‘taydi. Maktabni bitirgach, o‘quvchilarga shahodatnoma hamda kasbni o‘zlashtirganlik to‘g‘risida diplom beriladi.

Ta’kidlab o‘tamiz, shu yilning sentyabr oyidan o‘rta umumta’lim maktablari o‘rta maktablar deb atala boshlanadi.

Tadbirda shuningdek, kollej va litseylarning 2-3 bosqichida o‘quvchi talabalar diplom olgunlariga qadar ta’limni davom ettirishi aytib o‘tildi.

Manba: Uznews.uz

Yana o‘qing:  Prezident yangi qarorni imzoladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: