Tanishini urib tan jarohat yetkazib, pullarini olgan shaxslar qidirilmoqda

2018 yil 21 iyun kuni vaqtincha Samarqand shahrida yashovchi A.R. Samarqand shahrida tanishi bilan o‘zaro janjallashib, olgan tan jarohati sabab Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga yotqizilgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Samarqand shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida shu yil 21 iyun kuni  A.R.ning tanishi, Samarqand shahrida yashovchi 1989 y.t. Aleksandra Bezpyatova va birga yashovchi rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i, 1987 y.t. Abdurahmon O‘razovlar A.R.ning vaqtincha yashayotgan, Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi  xonadoniga kelib, hech bir sababsiz uning yuz va bosh qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, “IRhone-5S” mobil telefoni va pullari, hisobida mablag‘lari bo‘lgan bank kartochkalarini olib, o‘zini yo‘lovchi taksi avtomashinasiga o‘tkazib, Toshkent shahriga jo‘natib yuborib, o‘zlari voqea joyidan yashiringanliklari aniqlangan.
Aleksandra Bezpyatova va Abdurahmon O‘rozovlarni ushlash choralari ko‘rilgan.Hurmatli fuqarolar agar siz yuqorida jinoyat sodir etgan shaxslar haqida biron ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol hududiy ichki ishlar bo‘limlariga murojat qilishinizni yoki «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingizni so‘raymiz.  Bu bilan siz ushbu shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli xil jinoyatlarning oldini olgan bo‘lasiz.

Yana o‘qing:  Shoirga ehtirom

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: