Taniqli o‘zbek kardiojarrohi O‘zbekistonga qaytdi

Xalqaro tibbiyot doiralarida taniqli bo‘lgan kardiojarroh, tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi Qalandar Bobojonov Vatanga qaytish va yurtdoshlari salomatligi yo‘lida o‘zining kasb faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning xorijdagi yurtdoshlarni Vatan ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishga da’vat etgani keyingi yillar davomida Ukraina tibbiyot fanlari akademiyasining N. Amosov nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi Milliy institutida bosh maslahatchi bo‘lib ishlayotgan shifokorning ana shunday qarorga kelishiga sabab bo‘ldi.

Shuni qayd etish joizki, Q. Bobojonov O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Fonten, Glen Biglen operatsiyalari tajribasini, murakkab tug‘ma yurak nuqsoni holatida arterial jarrohlik, yurak-ishemik kasalligi bo‘lgani holatida ishlab turgan yurakda aortokoronar shunt o‘rnatishni amaliyotda qo‘llagan, ya’ni alohida xizmat ko‘rsatgan shifokordir. U 2002 yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Olim o‘zining mehnat faoliyati davomida Lusaka (Zambiya)dagi Universitet shifoxonasining Kardiojarrohlik markaziga asos solgan. Q. Bobojonov u yerda yurak patologiyasi bilan bog‘liq 200 dan ziyod operatsiyalarni bajargan. Xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi turli patologiyalar holatida ochiq yurakda hammasi bo‘lib 8000 operatsiya o‘tkazgan. Jumladan, mitral va aortal klapanlarni protezlash, ikki klapanli protezlash, Fallo tetradasi kasalligi va boshqa murakkab tug‘ma nuqsonlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirgan.

Yana o‘qing:  Limon va sabzili “assorti”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: