TAMAKASIZ KELAJAK

2019 yil 10 iyul kuni Toshkent davlat stomatologiya institutida «Tamakisiz hayot» mavzusida idoralararo doira stol atrofida suhbat bo‘lib o‘tdi.


Ibn Sino jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent davlat stomatologiya instituti, «Tamakisiz kelajak» kompaniyasi (Campaign for Tobacco Free Kids, AQSH) tomonidan tashkil qilingan tadbirda 30 dan ortiq davlat idoralari vakillari, vazirliklar, xalqaro tashkilotlardan mutaxassislar va ekspertlar, fuqarolik jamiyatlari va OAV qatnashdi. O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq muammolar shuningdek, tamaki chekishning respublika aholisi salomatligiga va sog‘liqni saqlash tizimi, mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlarini va ushbu masalalarning yechimini muhokama qilish tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi. O‘zbekistonda 33 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mamlakatda taxminan 42% erkaklar va har beshtadan ikkitasi tamaki chekadi. Ayollar o‘rtasida tamaki chekishning tarqalganligi ancha past -1,5% ga to‘g‘ri keladi, chunki mentalitetimizga xos ravishda, tadqiqotlarda ishtirok etgan ayollarning aksariyati tamaki chekishini tan olishmaydi. Tamaki mahsulotlari epidemiyasi globallashib borayotgan bir davrda, unga javoban O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarini iste’moli va tarqalishini kamaytirish bo‘yicha qator qonunlar va me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Biroq, olib borilgan tadqiqotlar (2002, 2006, 2014) natijasi ko‘rsatadiki, aholi orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning tarqalganlik darajasi kamaymayapti.Chilim va elektron sigaretning ommabopligi kundan kunga ayniqsa yoshlar orasida ortib bormoqda. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jamoat salomatligining eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davra suhbatida «Tamakisiz kelajak» kompaniyasi (Campaign for Tobacco Free Kids, AQSH), Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari va manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat tashkilotlar mahalliy ekspertlar o‘zaro fikr almashishdi.
Suhbat yakunida tamakiga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish haqida kelishib olindi.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar (2015–39)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: