Taekvondochilarimiz BAAda barchani lol qoldirdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo (WTF) turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqada Sobir Nazaraliyev shogirdlari sakkizta oltin va ikkitadan kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Amirbek To‘rayev, Ulug‘bek Rashidov, Bekzod Ibragimov, Shahzod Sayfiyev, Intizor Abdualimova, Madina Mannopova, Ozodaxon Sobirjonova, Feruza Sodiqova o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, finalga qadar o‘tkazilgan janglarda zafar quchgan Jasur Jaysunov va Durdona Abdulxayeva terma jamoamizga kumush medalni keltirgan bo‘lsa, Danil Morozov hamda Abdulaziz Mahmudov bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqning kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarida vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Suhrob Bobobekov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kichik qizlar o‘rtasida umidli taekvondochimiz E’zoza Shorustamova birinchi o‘rinni egalladi.

Yana o‘qing:  Bolalar sog‘lomlashtirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: