Sportchilarimizning yangi rekordlari

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etayotgan paralimpiyachilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turnirida sportchilarimiz yana Osiyo rekordini yangiladi.

Nufuzli musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi 1500 metr masofaga yugurish bahsida hamyurtimiz Faxriddin Hamroyev 4 daqiqa-yu 03,94 soniya natija bilan Osiyoning yangi rekordini o‘rnatgan edi. 800 metrga yugurish musobaqasida ishtirok etgan iste’dodli sportchimiz marraga 1 daqiqa-yu 53,20 soniyada yetib kelib, birinchi o‘rinni egalladi va qit’a rekordini yangiladi. Shuningdek, sportchimiz Ubaydulla Imomqulov 1500 metr masofaga yugurishda 4 daqiqa-yu 37,37 soniya natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Uzunlikka sakrash musobaqasida Farruh Mirzaqulov 6,36 metrga sakrab, kumush medalga munosib topildi.

Osiyoning yana bir rekordi Yoqutxon Xolbekova tomonidan o‘rnatildi. Hamyurtimiz musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasidagi 800 metrga yugurish bahsida 2 daqiqa-yu 22,62 soniya natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Bayram AYTMURODOV,

O‘zA muxbiri

Яна ўқинг:  Ёш чегарачилар мусобақаси

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: