SPORTCHILAR OILASI

Respublikamizda bolalar salomatligini mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida qator Davlat dasturlari va Hukumat qarorlari qabul qilindi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlar ham ko‘plab davra suhbatlari, sport tadbirlarini o‘tkazib kelishmoqda.

Joriy yilning Prezidentimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e`lon qilinishi munosabati bilan oilaviy sport musobaqalarining tashkil etilishi ommaviy sport turlarining rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

28 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Chilonzor” sport majmuasida “Sportchilar oilasi – mustahkam oila” oilaviy sport o‘yinlarining o‘tkazilishi bunga yorqin misoldir. Mazkur tadbir “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Toshkent shahar filiali hamkorligida o‘tkazildi.

Musobaqalar ikki bosqichda tashkil etilib, mahallalarda o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilaviy jamoa shahar bosqichida ishtirok etdi. Ular sportning yugurish, akrobatika, nishonga otish estafetasi, kim chaqqon va mergan, mohir hujumchi, arqon tortish, mohir o‘qotar, chaqqon ona hamda epchil qiz shartlari bo‘yicha bellashdilar.

– Poytaxtimizning 11 ta tumanidan kelgan oilaviy sport jamoalarining barchasi ushbu musobaqaga zo‘r tayyorgarlik bilan kelishgan. Shuning uchun baholash ancha qiyin kechmoqda. Chaqqonligi, epchilligi bois musobaqa yakuniga ko‘ra Sergeli tumanidan Qayumovlar oilaviy jamoasi 1-o‘ringa munosib deb topildi. 2-o‘rin Yunusobod, 3-o‘rin Uchtepa va Chilonzor tumani oilaviy jamoalariga nasib etdi, – deydi 5-Olimpiya zahiralari sport maktabi direktori Muhammadjon Turkmanov.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Chilonzor tumanidagi 291-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining qo‘shiq va raqslari barchaga xushnudlik baxsh etdi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Яна ўқинг:  “Локомотив” сафарда йирик ғалабага эришди

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: