Sog‘liqni saqlash vaziri A. Shodmonov: “Tibbiyot xodimini majburiy mehnatga jalb etish endi tarixda qoladi”

Ijtimoiy soha xodimlarining jamoat ishlariga majburiy jalb etilayotgani, bu borada ayrim mahalliy rahbarlar tomonidan qonunbuzarlik va ko‘zbo‘yamachilik holatlari kuzatilayotgani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan jiddiy tanqid qilinmoqda. Ijtimoiy soha xodimlarini majburiy mehnatga jalb etgan har bir rahbar qattiq ogohlantirilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda ijtimoiy soha xodimlarini jamoat ishlariga majburiy jalb etishga chek qo‘yish borasida qator vazifalar belgilandi. Jumladan, xodimlarning mehnat huquqlarini buzilishining oldini olish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish, tibbiyot xodimlarini qishloq xo‘jaligi, kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish ishlariga majburan jalb etilmasligini alohida nazoratga olish bo‘yicha shifoxonalar kesimida doimiy ishlovchi komissiyalar tashkil qilish belgilandi.

Videoselektordan so‘ng sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etilishining achinarli oqibatlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

– Prezidentimiz ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb etish, ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanishni davlat rahbarining siyosatiga xiyonat deya baholadi. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham bu haqida alohida ta’kidlandi. Ilgari shifokoru hamshirani turli jamoat ishlariga olib chiqishga yo‘l qo‘yilgandir, lekin bugun zamon o‘zgardi, yondashuv o‘zgardi. Tibbiyot xodimini majburiy mehnatga jalb etish endi tarixda qoladi. Sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘indagi rahbarlari shuni anglashi lozimki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning xalqparvar siyosati majburiy mehnat degan illatni tag-tugi bilan yo‘qotishga, xalq manfaatini birlamchi o‘ringa qo‘yishga qaratilgan. Tizimda faoliyat yuritayotgan hech bir xodim endi majburiy mehnatga jalb etilmaydi. Ko‘zbo‘yamachilik, bir-birimizni aldash bilan bugun o‘tishi mumkindir, lekin bu bilan kelajakni qura olmaymiz.

Yana o‘qing:  Mudhish xato

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: