Sambochilarimiz shohsupaga ko‘tarildi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida sambo bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 1 kumush va 4 bronza medalga ega bo‘ldi.

Turnirda vazni 90 kilogramgacha bo‘lgan hamyurtimiz Ilhomjon Nosirov jangovar sambo bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarning finaliga qadar barcha janglarda g‘alaba qozonib, kumush medalga ega bo‘lgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishda Ulug‘bek Hakimov bronza medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, turnirda M. Shukurov, A. Rahmatullayev va ayollar o‘rtasida N. Gulova terma jamoamiz bronza medal keltirdi.

Yana o‘qing:  “Metan” shoxobchalaridagi noqulaylik qachon bartaraf etiladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: