RIO – 2016 UCHUN YANA BIR YO’LLANMA

Indoneziyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Olga Umaraliyeva oltin medalni qo‘lga kiritib, 2016 yili Rio de Janeyroda bo‘lib o‘tadigan XXXI Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi.

Nufuzli musobaqaning baydarkada eshkak eshish bahslarida O. Umaraliyeva 200 metrga o‘tkazilgan yakkalik poygalarida marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi va terma jamoamiz hisobiga Osiyo chempionatining navbatdagi oltin medalini taqdim etdi.

Shu tariqa, qit’a chempionatida terma jamoamizning besh a’zosi oltin medal bilan birga XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi. Shuningdek, chempionatning dastlabki kungi bahslarida 1000 metrga baydarkada eshkak eshishda Aleksey Mochalov va ushbu masofaga kanoeda eshkak eshishda Gerasim Kochnev oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Juftliklar o‘rtasidagi bahsda esa Vadim Menkov va Serik Mirbekov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  SIFATLI TIBBIY XIZMAT – ELGA MADAD

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: