Qishki ta’til maroqli o‘tdi

Umumta’lim maktabi o‘quvchilari qishki ta’tilni maroqli o‘tkazishdi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

Ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlar uchun bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi sport seksiyalari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garaklarning to‘liq ishlashi ta’minlandi. Qolaversa, respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqqan holda xorijiy tillarni o‘rgatish, turli fan to‘garaklari va sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Qishki ta’til kunlarida fanlar bo‘yicha bilimlar bellashuvining maktab bosqichi hamda 5-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqasining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazildi.

Barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual musobaqa va ko‘rgazmalar katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Yana o‘qing:  Toshkentdagi Inxa universiteti Google I/O 2017 extended anjumaniga mezbonlik qiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: