Qalblarga mehr ulashib

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “Ariran” qariyalar uyida “9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inamova ishtirok etib, barchani ulug‘ bayram bilan qutladi. O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, professor Feruza Abdurahimova rahbarligidagi “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari milliy kamer orkestri jamoasi tomonidan ijro etilgan rang-barang kontsert dasturi hamda san’at olamiga endigina kirib kelayotgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi Aleksey Sabirov tomonidan ijro etilgan, xalqimiz qalbidan joy olgan qo‘shiqlar otaxon va onaxonlarning qalbiga quvonch ulashdi.

– Bugungi tadbir bizga bayramona kayfiyat ulashdi. Buning uchun “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari milliy kamer orkestri jamoasiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Biz turmush o‘rtog‘im Gennadiy Stay bilan shu dargohda to‘rt yildan beri yashaymiz. Har sayl va bayramlarda ular bizdan xabar olishadi, – deydi Tatyana Yun.

– Salomatligimiz haqida qayg‘urib, bu yerda bizni doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi. Barchaning nomidan ularga katta rahmat aytamiz,– deydi Lyubov Pak.

Mazkur tadbirda Koreya Respublikasining “KOFIH” xalqaro xayriya fondi vakillari ham ishtirok etishdi.

M.XO‘JAMURODOVA

Яна ўқинг:  Тетиклик учун парҳез

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: