Polvonlar O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun bellashdi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan VII xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz Kurash federatsiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan nufuzli turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etib, mutlaq vazn toifasida musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan kurashchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 ming AQSH dollari bilan mukofotlanishi belgilab qo‘yildi.

“Hisor” markaziy stadionida o‘tkazilgan nufuzli turnirda dunyoning o‘ttizga yaqin davlatidan eng kuchli polvonlar erkaklar o‘rtasida to‘rtta, ayollar o‘rtasida esa ikkita vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Mutlaq vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasida o‘tgan final bellashuvida hamyurtimiz Sherali Jo‘rayev eronlik Jafar Pahlavoniyni mag‘lub etib, oltin medal bilan birga O‘zbekiston Prezidenti sovrini – 10 ming AQSH dollariga ega bo‘ldi. Jafar Pahlavoniy ikkinchi, hamyurtimiz Ilhom Jo‘rayev va mo‘g‘ulistonlik Anar Dorch uchinchi bo‘ldi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida eronlik Ilyos Ali Akbariy, tojikistonlik Behruziy Hojizoda, Kamronshoh Ustapiryon, ayollar o‘rtasida Gulnor Sulaymonova va Gulnoza Matniyozova o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, musobaqa ishtirokchilari va mehmonlari Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy yodgorliklar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, barpo etilgan zamonaviy inshootlar bilan tanishdi.

Yana o‘qing:  Ona madhi satrlarda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: