O‘zMU va Xolon texnologiyalar instituti hamkorligidagi aqlli texnologiyalar taqdimoti

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Isroil Xolon texnologiyalar instituti hamkorligida 2019 yil 13-17 may kunlari “STEMM”Scientific Program of the Uzbek-Israel Conference (Science – Technology – Education – Mathematics – Medicine) nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Buxoro, Samarqand va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 

Xolon texnologik instituti XXI asr innovatsion texnologiyalarining insoniyat uchun eng muhim muammolari yechimini topishga harakat qiluvchi tuzilma xisoblanadi. Konferensiyada vazirliklar, parlament, ishlab chiqarish vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, raqamli sog‘liqni saqlash, elektron tijorat, ta’lim texnologiyasi, mahsulot tavsifi sohalarida erishilgan katta ma’lumotli axborotlarni hayotga tadbiq qilish masalalari ko‘rildi. Unda isroillik 30 dan ziyod olim va mutaxassislar ishtirok etishdi.

 O‘zMUda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Isroil xalqaro amaliy anjumanida “Ilm, Texnologiya, Ta’lim, Matematika, Meditsina” (Science+Technology +Education+Mathematics+Medicine) mavzularida ma’ruzalar tinglanib, bu borada tajriba almashildi. Chunonchi, qator sohalarda kompleks analiz, potensiallar nazariyasi, matematik modellashtirish masalalari, innovatsion rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy raqamli texnologiyalar, ta’lim va tibbiyot sohalaridagi muammolar muhokama qilindi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Isroil Xolon texnologiyalar instituti o‘rtasida 2018 yil 4 iyulda imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan o‘tkazilgan mazkur anjumandan ko‘zlangan maqsad: raqamli texnologiyalar, ta’lim, matematika, tibbiyot sohalari bilan shug‘ullanuvchi ikki davlat mutaxassislari hamkorligini yanada takomillashtirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Anjuman davlat ilmiy-texnik va xalqaro ilmiy xamkorlik dasturlari bilan bog‘liq holda o‘tkazildi.

Mazkur anjuman mamlakatimizda fanning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish, ilm-fan yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va yosh olimlarni sohaga jalb qilish hamda ularni sohaning yetuk mutaxassislari bilan aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Ilmiy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, mamlakatimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari, yosh olimlar, mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etdi.

 

O‘zMU Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013-34)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: