O‘zbekistonda Qurilish vazirligi ish boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ushbu vazirlik tashkil etiladi.

Uning tarkibini tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi hamda qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi nomi o‘zgargan holda qayta tashkil qilinadi.

Qurilish sohasida tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash funksiyasi ushbu vazirlikka o‘tgani bois, Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash markazi, Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi tugatiladi.

Yana o‘qing:  Taekvondochilarimiz BAAda barchani lol qoldirdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: