O‘zbekistonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 57 foizi chaqaloqlar hayotining dastlabki kunida sodir bo‘ladi

Farzandning dunyoga kelishi har bir oilaga baxt va umid bag‘ishlaydi. Afsuski, ko‘p chaqaloqlar hayotining ilk oylarida nobud bo‘ladi. Vaholanki, bu davrda ularning hayotini oddiy, qulay va qo‘llash mumkin bo‘lgan usullar bilan saqlab ham qolish mumkin.
O‘zbekistonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 57 foizi chaqaloqlar hayotining dastlabki kuni davomida sodir bo‘ladi.
YUNISEF O‘zbekiston hukumati bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlab saqlab qolishni yaxshilash sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. Agar chaqaloqlarning hayotlarini saqlab qolishni istasak, ularni himoya qilish borasidagi choralarga yanada jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi. Aytish joizki, maxsus tibbiyot muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, isbotlangan tibbiyotga asoslangan aralashuvlarni joriy etish, xodimlarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yaxshilash, zarur dori-darmonlar va asbob-uskunlarning mavjud bo‘lishi, kadrlarning hurmati va faoliyatini ko‘tarishga erishish chaqaloqlar o‘lim darajasini jiddiy qisqartirishi mumkin.
2018 yil 8 noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, davlat va nodavlat tashkilotlari, xalqaro ekspertlar va barcha viloyatlardan kelgan sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning oldini olish mumkin bo‘lgan o‘limini kamaytirish va ularni parvarish qilish sifatini yaxshilash bo‘yicha milliy konsultatsiyada ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligi holati borasida O‘zbekistondagi vaziyatni tahlil qilishib, neotanal parvarishni yaxshilash yo‘llarini va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning oldini olish mumkin bo‘lgan yechimlarini topish, shu yo‘sinda O‘zbekistonda chaqaloqlar hayotiga o‘zgartirish kiritishga kelishdilar

Maryam AXMEDOVA

Yana o‘qing:  QALBLARDA VATAN TARANNUMI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: