O‘zbekiston va Xalqaro atom energiyasi agentligi o‘rtasidagi hamkorlik

V. M. ChUDAKOV O‘ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURDI

Xalqaro atom energiyasi agentligining mustaqil hukumatlararo tashkilot sifatidagi faoliyati — atomdan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
O‘zbekiston ham mazkur tashkilot bilan ilmiy-texnik hamkorlik doirasida atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Xalqaro atom energiyasi agentligi(XAEA) direktorining o‘rinbosari M. Chudakov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
M. Chudashov ushbu tashrifining birinchi kunida XAEA ekspertlarining yadro fizika instituti bilan (YAFI) bilan hamkorlik missiyasi (OMARR mission) Fanlar Akademiyasi Yadro fizika institutida rasmiy start berildi.
Shuningdek, mehmonlar Toshkent shahrida ochilishi kutilayotgan Milliy tadqiqot Yadro universiteti ( Rosmiya federatsiyasi) filiali binosida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar.
Energetika vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro atom energiyasi agentligi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, istiqbolli loyihalar hamda yadro energetika dasturi doirasidagi kelishuvlarni muhokama qildilar.
Kunning ikkinchi yarmida Energetika vazirligi huzuridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi ham rasmiy rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Unda XAEAning kadrlar salohiyatini oshirish va yadroviy infratuzilmalapni yaratish bo‘yicha texnik hamkorlik dasturining O‘zbekkistonda ilk AES qurilishi loyihasi doirasida tatbiq etilishi masalasi muxokama markazida bo‘ldi.
Delegsiya agentlik huzurida tashkil etilgan Atom texnologiyalari axborot markazida ham bo‘lishdi.
Tashrifning ikkinchi kunida XAEA bilan hamkorlikning 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosim Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali talabaoari hamda OAV vakilari bilan uchrashuv va savol- javoblar tarzida yakunlandi.

Maryam AHMEDOVA,
Amal SOLIYEVA

Yana o‘qing:  Ardog‘imsan, iftixorim – O‘zbekistonim!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: