O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “San’at g‘unchalari” II xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

Festival o‘sib kelayotgan yosh avlod iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish, yosh musiqachilarning ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqasining yuksak namunalaridan bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

13-15 va 16-19 yosh toifalarida o‘tayotgan ushbu nufuzli xalqaro tanlovda ishtirokchilar fleyta, goboy, klarnet, fagot, saksofon, truba, valtorna, trombon, tuba kabi damli va zarbli cholg‘u asboblari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etmoqda. Yosh ijrochilar o‘z milliy musiqalari, jahon va o‘zbek mumtoz bastakorlarining mashhur asarlari bilan qatnashmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur tanlov respublikamizda 1998 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Aynan respublika “San’at g‘unchalari” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tajriba orttirgan yosh ijrochilarning aksariyati dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Italiya, Fransiya, Polsha, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Serbiya, Belarus davlatlarida o‘tkazilgan yirik san’at festivallarida muvaffaqiyatga erishgan.

Tanlov yakunlangach, xorijdan tashrif buyurgan hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida “Mahorat darslari” tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Ayshe GULRIZ,

turkiyalik hay’at a’zosi:

O‘zbekiston – iste’dodlar mamlakati. Yurtingizda barcha sohalar qatori musiqaga ham katta e’tibor berilayotganini ushbu tanlovda ishtirok etish mobaynida yana bir bor guvoh bo‘lmoqdaman. Ayniqsa, yurtingiz yoshlari ijrosidagi “Oq lolalar” kuyi, shubhasiz meni o‘ziga rom etdi. O‘zbek yoshlarining iste’dodi tahsinga loyiq.

 

Rustam ABDULLAYEV,

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi:

– Tanlovda respublikamizdagi musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseylari, musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida damli va zarbli cholg‘ular yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Turkiya Respublikasidan 140 nafarga yaqin yosh ijrochi o‘z iste’dodini namoyish etmoqda.

Aytish kerakki, bu tanlov o‘sib kelayotgan yosh avlod iste’dodining yanada kamol topishida, ma’daniy saviyasining yuksalishida o‘zining muhim o‘rniga ega.

 

Milena ABDIYEVA,

Qozog‘iston Respublikasidagi A. Jubanov nomli ixtisoslashtirilgan musiqa maktab-internati o‘quvchisi:

– Bu kabi tanlovlarning keng miqyosda tashkillashtirilishi turli millat va elat vakillarining ijro uslublari, o‘ziga xosligi haqida yaqindan ma’lumot olishimizga yordam beradi. Ushbu tanlov orqali bir qancha do‘stlar orttirdik. O‘zbekistonlik tengdoshlarimizning chiqishidan shunday xulosaga keldikki, yurtingizda san’atga bo‘lgan e’tibor yuksak darajada ekan.

Yana o‘qing:  Xalqaro turnir yakunlandi

 

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: