O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lish taraddudida

Jenevada BMTning Inson xuquqlari bo‘yicha kengashi 37-sessiyasi ish boshladi. Ushbu xalqaro tashkilotning umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligini nishonlash doirasida tashkil etilgan sessiyada Inson xuquqlarini ta’minlash va himoya qilishning dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda.

Oliy darajadagi tadbir Segmentida 180 dan ziyod mamlakatdan 3 mingdan ortiq vakil, jumladan, davlat va hukumat, vazirliklar, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston nomidan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi xodimlari ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizda inson huquqlari himoyasini ta’minlash sifatini yanada yaxshilash, O‘zbekistonning sohaga oid xalqaro hamkorlikni faollashtirish borasida olib borayotgan izchil ishlari, xalqaro tashkilotlarning respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarga bergan ijobiy bahosini hisobga olgan holda, yuksak darajali Segment yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston 2021–2023 yillar mobaynida Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi sifatida saylanish istagini ilk bor bildirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan, 2018 yilning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi yuksak darajali Segment uchrashuvi ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Yana o‘qing:  Tedros Gebreyesus: “O‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: