Oshkoralik va xolislik

OAV rivojida muhim omil

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida uch kunlik O‘zbekiston matbuoti III Milliy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Istiqlol tufayli ommaviy axborot vositalari mustaqil va erkin rivojlanmoqda. 1991 yilda O‘zbekistonda 395 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ular 1367 tani tashkil etgani, so‘nggi o‘n yilda mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari soni 2,5 barobardan ko‘proq oshgani fikrimiz isbotidir. Qolaversa, elektron ommaviy axborot vositasi 7 barobar ko‘paydi. Ayni paytda ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan qariyb 300 veb-sayt ish yuritmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlashda ham sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab berdi. Axborot sohasini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ommaviy axborot vositalarining faol rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochmoqda.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida aholini xabardor qilishning ochiqligi, transparentligi, ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilishini ta’minlash maqsadida barcha davlat organlarining veb-saytlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2002 yilda “Uz” domen zonasidagi veb-saytlar soni 587 donani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 17 mingtaga yetdi, mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’yekt internet xizmati ko‘rsatyapti.

Media sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli tub o‘zgarishlar jarayonida elektron ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, ular faoliyatining samaradorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda internet tizimidan foydalanuvchilar safi jadal kengayib bormoqda. Ushbu global tarmoqdan foydalanuvchilar ayni paytda 12 milliondan oshdi.

Davlatimiz rahbarining 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori bosma va elektron media tuzilmalar, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlar faoliyatini bugungi tezkor davr talabiga monand yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoit yaratish, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ushbu qaror axborot sohasini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yana o‘qing:  QVP – aholini sog‘lomlashtirishda muhim bo‘g‘in

Forum ishtirokchilari demokratik islohotlar ochiqligi va transparentligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o‘zaro hamkorligi, ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni ilgari surishda ommaviy axborot vositalari faolligini oshirish, jurnalistlarning kasb va odob mezonlari kabi masalalarni atroflicha muhokama qilayotir.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Matbuot va axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “E’tirof” ijodiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi.

O‘z muxbirimiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: