Oromgohlar bag‘rida

 Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi 244-umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Umid yulduzlari” nomli sport-sog‘lomlashtirish oromgohiga 100 nafarga yaqin o‘quvchi jalb qilingan.

Bolalarning yozgi ta’til kunlari sermazmun va maroqli o‘tishi uchun bu yerda turli fan, sport to‘garaklari tashkil qilingan. Shuningdek, ijodkorlar bilan tashkil etilayotgan davra suhbatlari ham bolalarga ma’naviy ozuqa bo‘lmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Respublika bolalar kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga “Gulxan” jurnali bosh muharriri Zahro Hasanova taklif etildi. Zahro opaning she’r va hikoyalari, topishmoq va tez aytish­larini darslik kitoblaridan o‘qib, yod olgan bolalarga ijodkorning o‘zi bilan uchrashish, yangi she’rlaridan tinglash katta zavq bag‘ishladi.

Yana o‘qing:  Jahon banki O‘zbekistonda tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: