Orasta qizlar – farishta qizlar

Fan-texnika tez sur’atlar bilan taraqqiy etayotgan hozirgi davrda yuksak ma’naviyatli, tibbiy savodxon yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Yosh avlod ma’naviyatining asosiy poydevori esa ular ta’lim olayotgan dargohda shakllanadi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent Mehmonxona xo‘jaligi va servis kasb-hunar kollejida “Ma’naviy muhitni sog‘lom-lashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha o‘quv muassasa, mahalla va oilaviy poliklinikalarning hamkorlikdagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzuidagi ijtimoiy loyiha asosida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Tadbirda qizlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishida ota-ona, mahalla, oilaviy poliklinika shifokorlari hamda o‘quv muassasalarining o‘rni mavzusiga bag‘ishlab “Orasta qizlar” to‘garagi guruh sardorlari tomonidan tayyorlangan taqdimot va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Jumladan, qizlarning “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Oila qurishda tibbiy ko‘rikning ahamiyati”, “Erta nikohning salbiy oqibatlari”, “Men nega klip ko‘rmayman?” kabi mavzulardagi chiqishlari yuzasidan malakali psixolog va pedagoglar ishtirokida bahs-munozaralar o‘tkazildi hamda o‘quvchilarning bu boradagi fikr-mulohazalari tinglandi.

– Yoshlarni tarbiyalashda jamoatchilikning kuchi va ta’siridan keng foydalanyapmiz, – deydi kollej direktori, iqtisod fanlari doktori Olim Isayev. – Bilim maskanimiz joylashgan mahalla yig‘ini jamoasi, 46-oilaviy poliklinika shifokorlari, mahalla nozirlari, xotin-qizlar kengashi raislari, 254-maktab rahbariyati bilan bo‘lgan hamkorligimiz kollejda tahsil olayotgan yoshlarni har jihatdan yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. SHu bois bu masalaga biz pedagoglar jamoasi jiddiy e’tibor qaratamiz. O‘quvchilarning ya-shashi, oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishib, ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazamiz. Bugungi tadbir ham ana shu hamkorlikning natijasidir.

Tadbirda O‘zbekiston Respub-likasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

M. XO‘JAMURODOVA

Яна ўқинг:  Ўзбек роботи Россияда етакчи

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: