Onkologik kasalliklarning oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekistonda onkologiya ularning xizmatining holati: onkologik kasalliklarning oldini olish va ularni barvaqt aniqlashning samarali tizimini yaratish, tashxis qo‘yish va davolashning ilg‘or usullarini joriy etish, zamonaviy diagnostika va davolash apparatlari bilan ta’minlash holati va istiqbollar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ochib, onkologiya xizmatining bugungi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samarasi xususida so‘zladi.

Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda ham 100 mingdan ortiq bemor onkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turadi. Afsuski, 50 foizdan ortiq holatlarda ushbu kasallik uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarda, ya’ni, to‘laqonli davolash mushkul bo‘lgan holatlarda aniqlanmoqda. Shu bois, bu tibbiy-ijtimoiy muammoga qarshi kurashish nafaqat sog‘liqni saqlash sohasi, balki, butun jamiyat zimmasiga katta mas’uliyat yuklayapti.

Hozirgi kunda onkologiya xizmatining vertikal tizimi yaratilgan bo‘lib, QVP va oilaviy poliklinikalarda UASHlar tomonidan onkologik kasalliklarga gumon bo‘lgan bemorlar viloyatlardagi filiallarga yo‘llanma asosida yuboriladi. Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan onkologiya xizmati sifatini tubdan yaxshilash maqsadida o‘tgan yili poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislar Markazning viloyat filiallariga rahbar lavozimlarga yuborildi. Buning natijasida hududlarda ham yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda.

Hududlarda ja’mi 389 ta jarroxlik amaliyoti bajarildi va ularning 153 tasi yuqori texnologik amaliyotlardir. Bu imkoniyat tufayli hududlardan poytaxtga tekshirish va davolanish uchun murojat qilayotgan bemorlar soni kamayib borayapti.

Onkologiya sohasida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan jiddiy muammolardan yana biri – dori-darmon ta’minoti bilan bog‘liq edi. Davlatimiz tomonidan bu muammoni bartaraf etish yuzasidan bajarilgan uzluksiz chora-tadbirlar tufayli bugungi kunga kelib onkologiya muassasalarini dori bilan ta’minlash 3 barobarga oshdi. Joriy yilning oxiriga borib ular deyarli to‘liq ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Matbuot anjumanida onkologiya xizmatining bugungi holati va istiqbollari, amalga oshirilayotgan tibbiy-ijtimoiy loyihalar va kelgusidagi rejalar haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi.

 

Malika ERGASHEVA

Yana o‘qing:  «OLTIN SO‘Z» XALQARO ADABIYOT FESTIVALI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: