NEFT VA GAZ SIYOSATI MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI

Joriy yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi rahbariyati ishtirokida «O‘zbekiston neft va gaz siyosati muammolari va istiqbollari, shuningdek aholini energiya manbalari bilan ta’minlash masalalari» mavzusida brifing o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni huzuridagi Axborot va ommaviy axborot vositalari agentligida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mamlakatning yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni hal etish uchun 2019 yil fevral oyida tashkil etilgan edi.
Energetika vazirligi tarkibiga «O‘zbekneftegaz» AJ, «O‘zatom» agentligi, «O‘zneftegazinspeksiya», «O‘zenergoinspeksiya» hamda «O‘zbekenergo» AJ qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan “Issiqlik energiya stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Mintaqaviy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlari kiradi.
Energetika vazirligining shakllanishi mamlakatning yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini bosqichma-bosqich isloh qilish jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi.
Mazkur islohotlarning natijasi, xususan, O‘zbekistonning neft va gaz sanoatida namoyon bo‘ldi — oxirgi ikki yil ichida gaz ishlab chiqarish hajmi 10 foizga, aholiga tabiiy gaz yetkazib berish 15 foizga, suyultirilgan gaz 1,6 esa barobarga oshdi. Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qo‘shimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarildi va ichki bozorda benzinga bo‘lgan talab to‘liq qondirildi.
Neft va gaz sanoatini yanada rivojlantirish uchun uglevodorodlarni qidirish va qazib olishni ko‘paytirish nazarda tutilgan. Shu maqsadda Buxoro-Xiva, Ustyurt, Surxondaryo va Farg‘ona mintaqalaridagi nisbatan istiqbolli hududlardagi ishlar ichki resurslar hisobidan jadallashtirildi. Shuningdek, dunyoning yetakchi neft-gaz kompaniyalari bilan kam o‘rganilgan investitsion bloklar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Bu borada hamkorlar sifatida «Socar» (Ozarbayjon), «British Petroleum» (Buyuk Britaniya), «Total» (Fransiya), «Lukoyl», «Gazprom», «Tatneft» (Rossiya), «Mubadala» (BAA) va «ONGC» (Hindiston) kompaniyalarini ta’kidlash mumkin.
Uglevodorodlar iste’moli o‘sib borayotgani hisobga olingan holda 2019-2030 yillar mobaynida sohaga taxminan 9,8 milliard dollar, shu jumladan, geologiya-qidiruv ishlari uchun 3,5 milliard dollar va tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun 6,3 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb etish rejalashtirilgan.
Tabiiy gaz oqimlari hamda magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya va monitoring qilish tizimi (SCADA)ni joriy etish rejalashtirilgan. Shu maqsadda «O‘zbekneftgaz» AJ 2019-2025 yillarda xalqaro moliya institutlarining 1,5 mlrd dollarga yaqin kreditlarini jalb etish ustida ish olib bormoqda.
Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan neft-kimyo va kimyo sanoati jadal rivojlanmoqda.
Jumladan, «Sho‘rtan» gaz-kimyo majmuasini naftani qayta ishlash GTL loyihasi bo‘yicha (qo‘shimcha qiymati +480 mln. dollar) kengaytirish loyihasi amalga oshirilish arafasida turibdi. Buning natijasida qo‘shimcha tarzda poliyetilenning 280 ming tonna yangi turi va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
GTL texnologiyasi bo‘yicha 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilg‘i, 743,5 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 311 ming tonna aviakerosin, 431 ming tonna nafta va 50 ming tonna suyultirilgan ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirish davom ettirilmoqda.
Ushbu va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi 2030 yilga borib tabiiy gazni chuqur qayta ishlashni 6 barobar oshirish imkonini beradi.
Energetika vazirligi oldiga elektr energetikasi sohasiga, shuningdek, energetika zahiralarini qazib olish va ishlab chiqarish jarayoniga xususiy kapitalni jalb qilish; DXSH (davlat-xususiy sherikligi)ni rivojlantirish kabi keng miqyosdagi yangi vazifalar ham qo‘yilgan.
O‘zbekistonda elektr energetikasini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri — to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga issiqlik elektr stansiyalari (IES), atom energiyasi, qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) kabi ishlab chiqarish ob’yektlarini rivojlantirish hisoblanadi.
2030 yilgacha bo‘lgan davrda energiya tizimining ishlab chiqar

Yana o‘qing:  AQSH elchisi: "Orol dengizi bu nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning muammosidir"

Maryam Opa UMS, [02.07.19 09:27]
ish quvvatini oshirish maqsadida yirik investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Ular qatoriga:
1) umumiy quvvati 15 GVt bo‘lgan samarador issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi ob’yektlarni qurish;
2) elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy quvvati 9,5 GVt ga yaqin bo‘lgan (Sirdaryo, Navoiy, Tolimarjon, Taxiatosh, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyalari va boshqalarda) zamonaviy PGU elektr stansiyalarini qurish;
3) umumiy quvvati 3,2 GVt ga yaqin bo‘lgan gaz-porshenli qurilmalar, aviatsiya gaz turbinalari va zamonaviy elektr energiya zaxiralash tizimlari asosida (Sirdaryo, Toshkent IES, Muborak IEM va h.k.) manyovrli ishlab chiqarish quvvatlarini qurish;
4) umumiy quvvati 8400 MVt dan ziyod bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida ishlaydigan quyosh, shamol va gidroelektrstansiyalarini qurish, va ularning jami elektr energiyasini ishlab chikaqirishdagi ulushini 25% ga yetkazish.
5) 2400 MVt quvvatga ega bo‘lgan atom stansiyasini qurish kiradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.03.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi №PQ-4249 sonli qaroriga muvofiq, Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda, xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki)ning texnik ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyaga bo‘lgan istiqboldagi talab-ehtiyojlari prognozlarini inobatga olgan holda 2030 yilga qadar elektr energetika tarmog‘ida ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, xalqaro maslahatchi – “Mott MacDonald” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda elektr energiyasining uzoq muddatli rivojlantirish bosh rejasi ishlab chiqilmoqda.
Qurilish loyihasi o‘tgan yilning kuzidan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan birinchi atom elektr stansiyasi ham mamlakatni barqaror elektr quvvati bilan ta’minlashga hissa qo‘shadi.
Ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi aholisi va ishlab chiqarish ob’yektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu chora-tadbirlar iqtisodiy rivojlanish va aholiga munosib turmush darajasi yaratib berishning zarur sharti hisoblanadi.

Amal SOLIYEVA,
Maryam AXMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: