«Navro‘z» etnik bog‘i xorijiy sayyohlar bilan gavjum

Joriy yilning 1-sentyabr kuni Toshkent shahri markazida ochilgan «Navro‘z» etnik bog‘iga birinchi kundanoq besh mingdan ziyod yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdilar. Ular bog‘ ichidagi O‘zbekistonning kichik maketini,  hayratlanarli yaratuvchanlik ishlarini, buyuk tariximiz, milliy an’ana va go‘zal qadriyatlarimizni, hunarmandchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik,  haykaltaroshlik kabi bobolardan qolgan an’analarning barchasi bog‘da mujassamligini ko‘rib,  ularni g‘urur ila hayratlanib tomosha qildilar.

5 avgust kuni ana shu munosabat bilan «Navro‘z» etnik bog‘ida bo‘lib o‘tgan XALQARO PRESS-KLUBning Sessiyasi qizg‘in,  savol-javoblar va taassurotlarga boy holda o‘tdi.

Xalqaro Press-elubning sessiyasida yuz nafarga yaqin taklif etilganlar —Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari, professor-olimlar, hunarmandlar, Xalqaro Press-klub a’zolari, ekspertlar, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdilar.

 Anjumanda so‘zga chiqqanlar bog‘ haqidagi, ushbu O‘zbekistonning kichik maketini tashkil etgan etnik shaharcha, bu yerda ish boshlagan hunarmandlarning qo‘l ishi mahsuootlarini targ‘ibot qilish va sotilishining eksportdagi o‘rni, xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, turizm  bilan hamkorligini ta’minlash, milliy iftixorimiz va faxrimiz bo‘lgan bu bog‘ kelajak yoshlarga milliy g‘urur o‘yg‘otshi,  ona Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashini ham ta’kidladilar.

Ma’lumki, 2017 yilning 7 avgustida Toshkent shahrida “Navro‘z bog‘i”ni qurish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarori qabul qilinib,   bu bog‘ni barpo etish vazifasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklatilgan edi.

Ushbu qarorga muvofiq “Navro‘z bog‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida 2,5 gektar maydonni egallagan joyda milliy qadriyat va an’analarimiz hamda madaniyatimizni o‘zida mujassamlashtirgan bog‘ va bog‘ ichida shaharcha bunyod etildi.

Shaharchada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarning nomlari bilan ataladigan ko‘chalar va qadimiy uslubdagi uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari,  hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan. Shaharchada paxsa devorlar, ayvonlar, choyxona va ustaxonalar timsolida yuz ochgan qadimiy mahallalarning yeo‘rinishi qayta tiklangan.

Eng muhimi o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni, tariximizni, san’at va madaniyatimizni chet davlatlardan keladigan sayyohlarga va yurtdoshlarimizga ko‘rsatish, ularni ma’lumot va guvohi bo‘lish nuqtai nazaridan bog‘ning ahamiyati katta.

Milliy qadriyatlar, hunarmandchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, naqqoshlik, haykaltaroshlik, taniqli musavvirlar tomonidan chizilgan tasviriy san’at asarlarini ko‘rib qalbda faxr va g‘urur o‘yg‘onadi, tariximiz yaqqol namoyon bo‘ladi.

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-29)

Sessiya yakunida qizg‘in munozaralar  va savol-javoblar bo‘lib, tashrif buyurganlarning takliflari muhokama qilindi.

Amal SOLIYEVA,

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: