MURUVVAT YORDAMI TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan xayriya tadbirida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar vakillari, ota-onalar va nogiron bolalar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus nogironlik aravachalari va uning ehtiyot qismlari, yurish moslamalari hamda qo‘ltiqtayoqlar topshirildi.

Ch. XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  OGOHLIK – SALOMATLIK GAROVI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: