Muruvvat ko‘ngildan boshlanadi

Yurtimizda nishonlanadigan Navro‘z bayrami nogironlar holidan xabar olish, ularning o‘ksik ko‘ngliga quvonch olib kirish bilan ham ahamiyatlidir. Shu bois, Navro‘z mehr-oqibat, saxovat, bayrami sifatida qadrlanadi.

Ushbu ulug‘ ayyom arafasida Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 61-sonli maktabning 4 “A” sinf o‘quvchilari tuman hududida joylashgan 103-sonli tayanch maxsus maktab-internat o‘quvchilari holidan xabar oldi. Bolalar o‘zlari tayyorlab kelgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar, Navro‘zga bag‘ishlangan she’rlardan iborat bayram dasturini internat o‘quvchilariga namoyish etdi. Ular bilan birgalikda raqsga tushib, o‘ynab kuldi. 44 nafar o‘quvchi o‘zlari chizgan suratlarini, yasagan guldastalarini, sevimli ertak kitoblarini imkoniyati cheklangan tengdoshlariga esdalik uchun taqdim etdi.

 

Feruza ORIPOVA

Yana o‘qing:  O‘zbek jang san’ati bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: