Milliy armiyamiz – yoshlarning jasorat va matonat maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganiga 26 yil va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan joriy yilning 9 yanvar kuni Chirchiq shahridagi Chirchiq gornizoni ofitserlar saroyi hamda 10 yanvar Mudofaa vazirligi markaziy harbiy klinik gospitalida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Chirchiq gornizoni ofitserlar saroyida o‘tkazilgan tadbir harbiy xizmatchilar va ularning farzandlari uchun chinakam shodiyonaga aylandi. Ayniqsa, harbiy xizmatdagi faol mehnatlari uchun taqdirlangan bir qator yosh kursantlar onalari ko‘zidagi quvonch yoshlari barchaning qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

– O‘g‘lim harbiy bilim yurtida tahsil olayotganiga ikki yil bo‘ldi, – deydi kursant Husniddin Obidovning onasi Nafisa Tashlanova. – Farzandim yurt koriga yaraydigan o‘g‘lon bo‘lganidan faxrlanaman. Shuningek, bugungi tadbirni tashkillashtirgan “Sog‘lom avlod uchun” fondiga ham cheksiz minnatdorlik bildiraman.

Mudofaa vazirligi markaziy harbiy klinik gospitalida ham bayram ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Tadbirda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari harbiy xizmatchilarga samimiy tilaklarini yo‘lladi.

Bayram dasturlarida “Sug‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestori ishtirok etdi. Ular ijrosida yangragan milliy kuylar tadbirning yanada fayzli o‘tishiga xizmat qildi.

 

Dildora FAYZIYEVA

Yana o‘qing:  Iqtidorlilarga imkoniyatlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: