“Kitob bayrami” o‘tkazilmoqda

Hurmatli yurtdoshlar!

Muhtaram poytaxtimiz mehmonlari!

Respublikamiz aholisining, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy va intellektual ehtiyojlarini qondirishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko‘magida bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2016 yilning 26-28 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida respublika “Kitob bayrami” o‘tkazilmoqda.

Sayil tarzida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo‘nalishdagi kitoblarning taqdimotlari, mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlangan sara asarlar namoyishi, taniqli adib va shoirlar bilan uchrashuvlar, sovrinli viktorinalar, san’at ustalarining konsertlari bo‘lib o‘tadi.

27 may kuni “Kitob bayrami” doirasida “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzuidagi IV ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkazilmoqda.

Barcha kitobsevarlarni respublika “Kitob bayrami”ga taklif etamiz!

Ma’lumot uchun telefon: 244-12-61

Yana o‘qing:  Sog‘liqni saqlash sohasiga innovatsion yondashuv

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: