KEKSALARGA G‘AMXO‘RLIK

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan poytaxtimizning Uchtepa tumani Qo‘rg‘ontepa mahallasida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Unda mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, xususan, keksalar, ko‘p bolali oila a’zolari, tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalar malakali shifokorlar tomonidan tekshiruvdan o‘tdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan poytaxtimizning Uchtepa tumani Qo‘rg‘ontepa mahallasida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Unda mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, xususan, keksalar, ko‘p bolali oila farzandlari, tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalar malakali shifokorlar tomonidan tekshiruvdan o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolarning sog‘lom va uzoq umr kechirishi, sog‘lom bola tug‘ilishi va voyaga yetishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy brigadalari tomonidan 151 mingdan ziyod aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Iyul oyidan shu kungacha Uchtepa tumanidagi mahallalarda ikki yarim mingdan ziyod aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdik. Aholiga reproduktiv salomatlikka ta’sir etuvchi kasalliklar, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish va kamolga yetkazishning muhim omillari, yoshlarni oilaga tayyorlash kabi mavzularda tushuntirish va targ‘ibot ishlarini o‘tkazmoqdamiz, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tibbiy-ijtimoiy markazi shifokori Nasiba G‘afforova.

Tibbiy ko‘rik davomida “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Xotin-qizlar reproduktiv salomatligi – sog‘lom kelajak asosi”, “Tug‘ruqlar oralig‘ini saqlashning ahamiyati” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tibbiy ko‘rik doirasida ehtiyojmand oilalarga dori va gigiyenik vositalardan iborat insonparvarlik yordami ko‘rsatildi.

Abbos ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  Mehr ulashish saodati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: