JAMFARMA FAOLIYATIDAN (2013-23)

Surxondaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Termiz shahridagi Milliy xavfsizlik xizmati sport majmuasida o‘smir qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqa sovrindorlari jamg‘arma viloyat filialining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab Urganch shahar 2-son umumta’lim maktabida sportning stol tennisi turi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi. Unda barcha tumanlardan 50 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Viloyat yosh sportchilar markazida viloyat Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, «Kamolot» YOIH va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda sportning gimnastrada turi bo‘yicha sport festivalini o‘tkazdi.

Samarqand viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali xodimlari tomonidan viloyatdagi bir nechta o‘rta-maxsus kasb-xunar ta’limi maskanlarida «Giyohvandlikni to‘xtataylik!», «Sog‘lom ona – sog‘lom bola», «OIV infeksiyasi», «Irsiy kasalliklardan ogoh bo‘ling!» mavzuida ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” jam­g‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  HAFTALIK VA SAMARALI NATIJA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: