Innovatsion allergiya pasporti yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda noyob hujjat – molekulyar darajada allergik ta’sirchanlik pasporti, oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsa allergiya pasportini joriy etish bo‘yicha dasturni amalga oshirmoqdalar.

Bunday zarurat bolalar va o‘smirlarda turli xil xastaliklar, jumladan astma va anafilaksiya kasalliklarining ko‘payishi natijasida paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan allergenlarga individual sezuvchanlikni aniqlash, olingan natijalarni to‘g‘ri tahlil qilish hamda natijalarni mutaxassislar va ota-onalar uchun maxsus blankka kiritish talab etiladi.

Pasport ikki xil shaklda chiqariladi. Hujjatning shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan shakli allergen manbalari va yuqori xavf tug‘diradigan alohida molekulalar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, QR-kod (tez ta’sir ko‘rsatadigan kod)ini o‘z ichiga oladigan ikki tomonlama plastik karta tarzida taqdim etilgan. QR-kod katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va molekulyar tekshiruv bo‘yicha to‘liq axborot yozilgan qog‘oz shaklli pasportdagi barcha ma’lumotlarni o‘qish imkonini beradi. Masalan, bemorga shoshilinch yordam kerak bo‘lib qolganida, shifokorlar zarur ma’lumotlarni QR-kod orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, muayyan bolaning ta’sirchanligi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot, ya’ni uning shaxsiy allergik pasporti allergik kasalliklarni rivojlanishini oldini olishning samarali usullarini tanlash va to‘g‘ri davolash uchun zamin yaratadi. Allergiyaning rivojlanishini oldini olishda o‘z navbatida, ota-onalarning tibbiy ma’lumotlarga ega bo‘lishi ham zarur. Mazkur pasportning joriy etilishi kasallik rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida uni to‘xtatish imkonini beradi.

Yana ushbu pasport O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safarlari chog‘ida ishlatilishi mumkinligini nazarga tutgan holda pasport ingliz va rus tillaridagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2019 yilning yanvar oyidan boshlab shaxsiy allergiya pasportlarini olishlari mumkin.

Yana o‘qing:  Tez tibbiy yordam brigadalarining kechikishi oldi olinmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: