Ijtimoiy dorixonalar fuqarolar yig‘inlari taklifi asosida quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tizim faoliyatini tubdan yaxshilash va dori ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga keng imkoniyatlar ochib beradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashida bo‘lib o‘tgan anjuman mazkur qaror ijrosi, uning mazmun-mohiyati va aholiga qulaylik yaratish maqsadida ijtimoiy dorixonalar tizimini yaratish masalalariga bag‘ishlandi.

Tarmoqda 2018 yilda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu orqali farmatsevtika sanoatini jadal taraqqiy ettirish uchun sarmoyalar jalb etishni faollashtirish va yalpi ichki mahsulotda soha ulushini oshirishga erishish ko‘zlangan. Shuningdek, aholiga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2018–2019 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 2 mingta ijtimoiy dorixonadan iborat tarmoq yaratish rejalashtirilmoqda. Tadbirda ijtimoiy ehtiyojmand va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashaydigan fuqarolarni ijtimoiy ahamiyatga ega va arzon dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarning holatini puxta o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Yana o‘qing:  Yosh kitobxon – zukko kitobxon

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: