Hokim innovatsion g‘oyalar uchun 65 million so‘m ajratdi

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida yosh tadbirkorlar, hunarmand va fermerlar hamda yoshlar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar va mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Navbahor, Karmana tumanlari va Navoiy shahridan ishtirok etgan yoshlarning yangi ishlanmalari mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Tadbir davomida mamlakatimizdagi mashhur brendlar asoschilari, muvaffaqiyatga erishgan va tajribali tadbirkorlar ishtirokida yoshlar uchun “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida “Mahorat darslari” tashkil etildi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan innovatsion loyihalar uchun viloyat hokimi 65 million so‘m mablag‘ ajratdi.

Yana o‘qing:  “Zukko bolajonlar” – kichkintoylar maskani

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: