Futbolchi-shifokorlarimiz jahon chempionatida ishtirok etadilar

 Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallaga kirgan bir paytda dunyo shifokorlari o‘rtasidagi jahon birinchiligi musobaqalari ham boshlandi.

30 iyundan 8 iyulga qadar Chexiya poytaxti Praga shahrida bo‘lib o‘tadigan ushbu nufuzli bellashuvda futbol taraqqiy etgan Braziliya, Argentina, Germaniya, Angliya, Meksika kabi 22 mamlakatning shifokorlaridan iborat terma jamoalar ishtirok etmoqda.

Mamlakatimiz shifoxonalarida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlaridan tarkib topgan terma jamoamiz ham o‘z tarixida to‘rtinchi bor mazkur musobaqada qatnashmoqda. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Avstriyada o‘tkazilgan jahon chempionatida hamyurtlarimiz o‘zlarining munosib ishtiroklari bilan yarim finalgacha yetib borib, kuchli to‘rtlikdan joy olgan edi.

Ushbu terma jamaoni tuzish uchun dastlab yil boshida mamlakatimizning barcha viloyatlaridan shifokor futbol jamoalari ishtirokida saralash turniri o‘tkazildi. Bu turnirda jami 180 nafardan ortiq shifokor-futbolchilar ishtirok etgan bo‘lsa, turnir yakuniga ko‘ra, eng kuchli 26 nafar mahoratli o‘yinchi terma jamoa uchun tanlab olindi. “Bunyodkor” professional futbol klubi murabbiyi Sergey Chagudayev va Denis Karsnichenko jamoanimusobaqaga tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ultratovush me’da-ichakda dorilar so‘rilishini tezlashtiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: