“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga o‘zgartish kiritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3 — moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi joylashtirildi.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi

415-I-sonli Qonunining 3-modda matni quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:

“Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari, dorivor o‘simlik preparatlari hamda dorivor o‘simlik xom ashyosi;

dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, dori vositasini ishlab chiqarish yoki tayyorlashda qo‘llaniladigan, dori vositasining faol ingrediyenti hisoblangan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik bo‘lgan moddalar;

dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanilish uchun tayyor dori vositalari;

dorivor o‘simlik preparatlari – bir yoki bir necha dorivor o‘simlik xom ashyosidan ishlab chiqarilgan yoki tayyorlangan, iste’mol idishiga joylangan-o‘ralgan dori vositalari;

dorivor o‘simlik xom ashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari;

retsept — shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi;

sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum;

tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, qo‘llanilishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik ta’sir ko‘rsatmaydigan  buyumlar;

tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, qo‘llanilishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik ta’sir ko‘rsatmaydigan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;

Yana o‘qing:  Bulimiya nima?

farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo‘lgan, klinik tadqiqot ob’yektlari bo‘lgan modda yoki moddalar aralashmasi;

farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;

qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum.”

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi;

ushbu Qonunning ijro etilishini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.

 

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: