Displaziya nasldan-naslga o‘tadimi?

Oyog‘iga maxsus moslama – shina bog‘langan  bolalarga ko‘cha-ko‘yda, tibbiyot muassasalarida ko‘zimiz tushadi. Bundan tashqari, bugun bu kasallik chaqaloqlarda ham ko‘p kuzatilayapti. Dunyoga ilk qadamlarni maxsus moslama yordamida qo‘yish, avvalo, bolaga qiyinchilik tug‘dirsa, uning holatini ko‘rib turgan ota-onaning dilini cho‘ktiradi. Xo‘sh, bu qanday kasallik o‘zi? Uning kelib chiqish sabablari, aniqlash usullari nimalardan iborat?

– Mazkur kasallik tibbiyotda displaziya deb ataladi va u bolalarda uchraydigan ortopedik kasalliklar soni jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi,  – deydi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi shifokori,  travmatolog-ortoped Risolat Rasulova. – Bu tug‘ma nuqsonning ilk belgilarini bilish juda qiyinligi tufayli ota-ona hamda ba’zan tibbiyot xodimlari tomonidan kasallik vaqtida aniqlanmaydi va bola yura boshlagandan keyingina, oqsoqlanib qadam tashlaganida bunga ahamiyat bera boshlaydilar. Vaholanki, chanoq-son bo‘g‘imi  displaziyasi va tug‘ma son chiqishini bola yurmasdan oldin aniqlab, davolagandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Kasallik belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: oyoqning tashqariga qarashi, bir oyoqning ikkinchisiga nisbatan kaltaligi, son sohasidagi ichki teri burmalarining past-baland joylashib, bir-biriga mos kelmasligi, oyoqning tizza bo‘g‘imidan bukilgan holatda tanadan uzoqlashtirishning cheklanganligi, tizzani oldinga cho‘zish paytida son suyagi boshchasining  quymich kosachasiga tushib, chiqib ketishi. Agar bolada mazkur belgilardan birortasi aniqlansa, kechiktirmay bolalar ortoped-shifokoriga murojaat qilish lozim.

Displaziyani klinik, ultratovush apparati yordamida va rentgenografiya usuli bilan tekshirib, tashxislash mumkin.  Davolash usullari ham har xil bo‘lib, u bolaning yoshiga, tug‘ma son chiqish darajasiga qarab belgilanadi. Bilamizki, har qanday kasallik erta aniqlansa, uni davolash ham shunchalik oson kechadi. Bunda onalardan e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Bola oyog‘idagi kaltalik aniqlansa,  nuqson har xil gipsli bog‘lamlar, ba’zi hollarda esa xirurgik yo‘l bilan ham bartaraf etilishi mumkin. Bundan tashqari, oilaviy poliklinikalarda chaqaloqning 2 oylik davrida o‘tkaziladigan ortoped-shifokor ko‘rigi davomida go‘dak oyoqlarini keng yo‘rgaklash yoki “keruvchi moslamalar” taqish tavsiya qilinadi.

Mutaxassislarning aytishicha, displaziya ayrim hollardagina nasldan-naslga o‘tishi mumkin.  Aslida kasallik rivojlanishiga va son suyaklarining tug‘ma chiqishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi. Ko‘p hollarda dumbasi bilan  tug‘ilgan chaqaloqlarda uchrasa, homiladorlikning birinchi yarmidagi turli xastaliklar, jumladan, og‘ir o‘tgan toksikoz ham kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Bo‘lajak onaning yashash va ish joyidagi ekologik holatning ham bundan ta’siri katta.

Yana o‘qing:  Bolalar va o‘smirlar salomatligi yo‘lida

Ayrim hollarda esa erta turmushga chiqqan va oila, farzand parvarishi xususida tajribaga ega bo‘lmagan onalarning yetarli ma’lumoti yo‘qligi sababli ham bu kasallik o‘z vaqtida bartaraf etilmasdan qoladi.

Umuman olganda, displaziyani o‘z vaqtida davolash, uning oldini olish choralarini ko‘rish zarur. Bunda onalar avvalo o‘z sog‘lig‘iga, so‘ng esa yangi dunyoga kelgan farzandi sog‘lomligiga jiddiy e’tibor berishlari zarur bo‘ladi.

Sojida ALLAYOROVA

You may also like...

2 Responses

  1. Babajanova Muqaddas demoqda:

    9 yolik chakalog‘imda dislaziya tashxisi bilan davolatmoqdaman iltimos shu kassalikni davolash yo‘nalishlari xaqada batafsilroq ma’lumot bersangiz

    • Xurshida Husenova demoqda:

      Displaziya nasldan-naslga o‘tadimi?
      BY XURSHIDA HUSENOVA · 13.08.2018

      Oyog‘iga maxsus moslama – shina bog‘langan bolalarga ko‘cha-ko‘yda, tibbiyot muassasalarida ko‘zimiz tushadi. Bundan tashqari, bugun bu kasallik chaqaloqlarda ham ko‘p kuzatilayapti. Dunyoga ilk qadamlarni maxsus moslama yordamida qo‘yish, avvalo, bolaga qiyinchilik tug‘dirsa, uning holatini ko‘rib turgan ota-onaning dilini cho‘ktiradi. Xo‘sh, bu qanday kasallik o‘zi? Uning kelib chiqish sabablari, aniqlash usullari nimalardan iborat?

      – Mazkur kasallik tibbiyotda displaziya deb ataladi va u bolalarda uchraydigan ortopedik kasalliklar soni jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi, – deydi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi shifokori, travmatolog-ortoped Risolat Rasulova. – Bu tug‘ma nuqsonning ilk belgilarini bilish juda qiyinligi tufayli ota-ona hamda ba’zan tibbiyot xodimlari tomonidan kasallik vaqtida aniqlanmaydi va bola yura boshlagandan keyingina, oqsoqlanib qadam tashlaganida bunga ahamiyat bera boshlaydilar. Vaholanki, chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va tug‘ma son chiqishini bola yurmasdan oldin aniqlab, davolagandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin.

      Kasallik belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: oyoqning tashqariga qarashi, bir oyoqning ikkinchisiga nisbatan kaltaligi, son sohasidagi ichki teri burmalarining past-baland joylashib, bir-biriga mos kelmasligi, oyoqning tizza bo‘g‘imidan bukilgan holatda tanadan uzoqlashtirishning cheklanganligi, tizzani oldinga cho‘zish paytida son suyagi boshchasining quymich kosachasiga tushib, chiqib ketishi. Agar bolada mazkur belgilardan birortasi aniqlansa, kechiktirmay bolalar ortoped-shifokoriga murojaat qilish lozim.

      Displaziyani klinik, ultratovush apparati yordamida va rentgenografiya usuli bilan tekshirib, tashxislash mumkin. Davolash usullari ham har xil bo‘lib, u bolaning yoshiga, tug‘ma son chiqish darajasiga qarab belgilanadi. Bilamizki, har qanday kasallik erta aniqlansa, uni davolash ham shunchalik oson kechadi. Bunda onalardan e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Bola oyog‘idagi kaltalik aniqlansa, nuqson har xil gipsli bog‘lamlar, ba’zi hollarda esa xirurgik yo‘l bilan ham bartaraf etilishi mumkin. Bundan tashqari, oilaviy poliklinikalarda chaqaloqning 2 oylik davrida o‘tkaziladigan ortoped-shifokor ko‘rigi davomida go‘dak oyoqlarini keng yo‘rgaklash yoki “keruvchi moslamalar” taqish tavsiya qilinadi.

      Mutaxassislarning aytishicha, displaziya ayrim hollardagina nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Aslida kasallik rivojlanishiga va son suyaklarining tug‘ma chiqishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi. Ko‘p hollarda dumbasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda uchrasa, homiladorlikning birinchi yarmidagi turli xastaliklar, jumladan, og‘ir o‘tgan toksikoz ham kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Bo‘lajak onaning yashash va ish joyidagi ekologik holatning ham bundan ta’siri katta.

      Ayrim hollarda esa erta turmushga chiqqan va oila, farzand parvarishi xususida tajribaga ega bo‘lmagan onalarning yetarli ma’lumoti yo‘qligi sababli ham bu kasallik o‘z vaqtida bartaraf etilmasdan qoladi.

      Umuman olganda, displaziyani o‘z vaqtida davolash, uning oldini olish choralarini ko‘rish zarur. Bunda onalar avvalo o‘z sog‘lig‘iga, so‘ng esa yangi dunyoga kelgan farzandi sog‘lomligiga jiddiy e’tibor berishlari zarur bo‘ladi.

      Sojida ALLAYOROVA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma’lumotlar * bilan belgilangan.

Xato haqida xabar

Muharrirga jo‘natiladigan matn: