Dillarni munavvar etgan taqdimot

Kuni kecha, 27 mart kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tadbirlar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, publitsist va shoira Sharifa Salimovaning yaqinda nashr etilgan «Bedor tun tomchilari» deb nomlangan she’riy to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Kitob taqdimotiga tashrif buyurgan taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar va talabalar shoiraning yangi chop etilgan kitobini mamnuniyat bilan kutib oldilar.
Chunki ko‘p yillar mobaynida o‘zbek she’riyati, badiiy publitsistikasi va tarjima sohasida ijod qilib kelayotgan hassos shoira — Sharifa Salimovaning she’rlari va so‘z uslubi, so‘z go‘zalligi allaqachon ijodiyot olami bilan yashayotgan insonlarning qalbini allaqachon zabt etib ulgurgan.
Buning misoli sifatida taqdimotga ishtirok etgan taniqli va buyuk adabiyot namoyondalari, ilm darg‘alari, oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari, olimlar, uzoq-yaqindan tashrif buyurgan mehmonlarning tashrifi issiq xotiralarni jonlantirib, issiq diydorlashuvlar buni yana bir bor isbotladi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mihojiddin Mirzo dilbar shoirani va tashrif buyurgan mehmonlarni o‘zbek she’riyatida zalvorli qadam sifatida bahoriy nafas olib kirgan «Bedor tun tomchilari» she’riy to‘plamining o‘z o‘quvchilariga yetgani bilan tabriklagach shoiraning ijodiy faoliyati, o‘zbek she’riyatidagi, tarjima va publitsistika sohasidagi samarali izlanishlari haqida so‘zladi.


Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri, professor Ahmadjon Meliboyev, adabiyotshunos olimlar Ibrohim G‘afurov, Umarali Normatov, Abdulla Ulug‘ovlar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari Ortiq Abdullayev, Suvon Meli, G‘afur G‘ulom muzeyining rahbari Olmos G‘ulomova, adiba va yozuvchi Shahodat Isaxonovalar Sharifa Salimovaning she’riyatidan namunalar keltirib, misralardagi g‘oya va so‘zlarning mazmun-mohiyati, tashbehlardagi sehr va mohiyat, shuningdek, shoiraning tarjima sohasida erishgan yutuqlari, o‘z davrida chop etilgan va shov-shuvlarga sabab bo‘lgan tahliliy hamda baddiy publitsistik dolzarb maqolalari, jurnalistika sohasidagi dadil chiqishlari, she’riyatidagi go‘zal tuyg‘ular haqida o‘z qarashlarini bildirib, uning ijodini xolisona baholadilar.
Tadbir nihoyasida kitob muallifi tomonidan kitoblar tarqatilib, shoiraga qutlov guldastalari taqdim etildi. Estalik suratlari olindi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: