DAVLAT CHEGARASI VA TRANSPORTDAGI DAVLAT VETERINARIYa NAZORATI

Respublika milliy matbuot markazida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining “Davlat chegarasi va transportdagi Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi faoliyatida mamlakatimiz hududiga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Unda qo‘mita mas’ul xodimlari, veterinariya mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Anjumanni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abror Akbarov kirish so‘zi bilan ochdi.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari o‘z nutqida hozirgi paytda chegara veterinariya nazorati punktlari tomonidan hayvonlar kasalliklarining Respublikamiz hududiga kirib kelishini oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidladi.
Qo‘mita boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Alijon Jumayev ma’ro‘zasidan oldin chegara veterinariya nazorati punktlari faoliyatiga doir taqdimot va maxsus rolik namoyish etildi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari soha mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1007-sonli qaroriga asosan Respublikamiz hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilarini olib kirilishidan muhofaza qilish va tarqalishining oldini olish maqsadida chegara o‘tkazish punktlarida Chegara veterinariya nazorati punktlari faoliyati tashkil etilgan.
Ayni paytda Davlat chegarasidagi va transportidagi davlat veterinariya boshqarmasi tizimida 22 ta chegara va transport veterinariya nazorati punktlari va 1 ta “Dalaguzar” veterinariya sanitariya uchastkasi faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunda Davlat chegarasidagi va transportidagi davlat veterinariya boshqarmasi tizimida 22 ta chegara va transport veterinariya nazorati punktlari va 1 ta “Dalaguzar” veterinariya sanitariya uchastkalari mavjud.
Respublikamizga 2018 yil davomida 53964 ( 2017 yil davomida 12162) bosh yirik shoxli mollar, 24675 (2180) bosh mayda shoxli mollar, 1121 (118) bosh ot, 1329
(114) bosh nomahsuldor hayvonlar, 2402 (1036) bosh parranda va dekorativ qushlar, 1mln.431 ming 881 (1 mln. 524 ming 268) bosh bir kunlik jo‘jalar, 1827tn. (768,4tn.) qora mol go‘shti, 6020,3 (5885,2) tn. cho‘chqa go‘shti, 13035 (12853,46) tn. tovuq go‘shti va maxsulotlari, 24073 (6070,73) tn sut va sut maxsulotlari, 6mln. 42 ming 377 dona (5 mln. 409 ming 880 dona) inkubatsion tuxum, 20954,8 (4788) tn baliq va baliq maxsulotlari va boshqa turli xil davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlar import qilingan.
2476 (2586) bosh nomahsuldor hayvonlar, 87881 (124653) bosh parranda va dekorativ qushlar, 61961 (73291) bosh sudralib yuruvchilar, 198,8 mln. (284,1 mln.) dona iste’mol tovuq tuxumi, 2,6 mln (2,69 mln.) dona Vet blyu yarim tayyor terilar, 3652 (3990,5) tonna jun,
17541 (2755,5) tonna ichak maxsulotlari, 4461 (9630,2) tonna yem ozuqalari 2 mln 655 ming dona inkubatsion tuxum, 24,8 tonna veterinariya preparatlari va boshqa turli xil davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlar eksport qilindi.
2018 yilda chegara veterinariya nazorati punktlari tomonidan hayvonot olamidan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini respublika xududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida, davlat chegaralarini kesib o‘tish joylarida respublikamizga kirib kelayotgan va tranzit o‘tayotgan 376964 (154027) ta avtomashinalar hamda 154 ta temir yo‘l vagonlari veterinariya-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazildi.
Bundan tashqari, davlat chegara veterinariya nazorati xizmati tomonidan 247 kg dengiz mahsulotlari, 109,9 mol hamda ot go‘shti va maxsulotlari, 1808 dona tuxum tegishli xujjatlari bo‘lmaganligi, shuningdek veterinariya-sanitariya normalariga javob bermaganligi sababli belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi xududiga kirib kelayotgan veterinariya nazorati ostidagi yuklarni tashuvchi avtoulovlar, temir yo‘l vagonlari hamda piyodalar uchun mo‘ljallangan maxsus to‘shamalariga dezinfeksiya ishlovlarini berish sifatini oshirish hamda dezinfeksion vositalarni chegara veterinariya punktlariga yetkazishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida hozirgi kunda chegara veterinariya nazorati punktlariga Bromosept-50 dezinfeksion dori vositasidan foydalanilmoqda.
Respublikamizga 2019 yilning yanvar va fevral oylari davomida 6248 bosh yirik shoxli mollar, 6291 bosh mayda shoxli mollar, 293 bosh ot, 92 bosh nomahsuldor hayvonlar, 1310 bosh parranda va dekorativ qushlar, 186 ming 941 bosh bir kunlik jo‘jalar, 251,8 tn. qora mol go‘shti, 142 tn. cho‘chqa go‘shti, 2285,3 tn. tovuq go‘shti va maxsulotlari, 2027,5 tn sut va sut maxsulotlari, 237840 dona inkubatsion tuxum, 587,35 tn baliq va baliq maxsulotlari, va boshqa turli xil davlat veterinariya nazorati ostidagi tovar import qilingan bo‘lsa,
590 bosh nomahsuldor hayvonlar, 2943 bosh parranda va dekorativ qushlar, 7500
bosh sudralib yuruvchilar, 41mln 854 ming dona iste’mol tovuq tuxumi, 829779 dona inkubatsion tuxum, 169,9 ming dona Vet blyu yarim tayyor terilar, 200 tonna jun, 508,6 tonna ichak maxsulotlari, 2302,1 tonna yem ozuqalari va boshqa turli xil davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlar eksport qilingan.
2019 yil 2 oyi davomida chegara veterinariya nazorati punktlari tomonidan hayvonga mansub oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini respublika xududiga kirib kelishini oldini olish maqsadida, davlat chegaralarini kesib o‘tish joylarida respublikamizga kirib kelayotgan va tranzit o‘tayotgan 74161 ta avtomashinalar hamda 16 ta temir yo‘l vagonlari veterinariya-santariya ishlovidan o‘tkazildi.
Bundan tashqari davlat veterinariya nazorati xizmati tomonidan 23 kg dengiz mahsulotlari, 10 kg mol hamda ot go‘shti va maxsulotlari, 178 dona tuxum tegishli xujjatlari bo‘lmaganligi hamda veterinariya sanitariya normalariga javob bermaganligi sababli belgilangan tartibda yo‘q qilingan bo‘lsa, 5 bosh nomaxsuldor hayvonlar, 57 bosh dekarativ qushlar, 47 kg. mol go‘shti, 18 kg. qo‘y go‘shti, 12 tonna parranda go‘shti, 70 tonna baliq maxsulotlari va 130 kg sut va sut mahsulotlari, 2236 dona tuxum veterinariya-sanitariya normalariga javob bermaganligi sababli belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmay ortga qaytarildi.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Jahon banki vakillarini qabul qildi

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: