Bilib bosilgan tikan…

Quyosh yugurib chiqib, yugurib botayotgan, odamlar ham yugurib yelayotgan davrda yashayapmiz. Bir martagina yashash imkoni berilgan bu shoshqaloq umrimiz davomida axir kim ham bekam-u ko‘st hayot kechirishni xohlamaydi deysiz?!  Ammo buning uchun o‘zgalar mulkiga ko‘z tikish, hiyla- nayranglar, qing‘ir ishlarni qilish shartmi? Hadisi shariflarda: «Musulmon birodarlarini aldovchi, ularga zarar yetkazuvchi yoki ularga makr qiluvchi odam bizlardan emas» deyilgani ko‘pchiligimizga ma’lum. Biroq  nafs atalmish dushman qutqusiga uchgan  Hasan Ahmedov singari kimsalarning oramizda uchrab turishi afsuslanarli holdir.

H.Ahmedov 2019-yil 2-fevral kuni taxminan soat  12 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan «Kitob olami» savdo do‘konida A.Adamovning qarovsiz qoldirilgan sumkasidan bahosi 405 AQSH dollari (3.402.061 so‘m)ga teng bo‘lgan «Samsung galaxy A9»  rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan, keyin Neksiya avtomashinasini to‘xtatib, taksi haydovchisiga telefonni 800 000 so‘mga sotib yuborgan va pullarni o‘z shaxsiy ehtiyojlariga ko‘ra sarflagan. Savdo majmuasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridagi videotasvirlar tufayli o‘g‘ri  qo‘lga olinadi. Sudda H.Ahmedov o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini, moddiy ahvolini inobatga olib yengillik berishlarini so‘rab ko‘rsatma beradi. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas deganlaridek, H.Ahmedovning bundan avval ham Yangiobod bozorida sotuvchilik qilib kelayotgan D.Karimovga  2018-yil 26-dekabrda «Redmi-4», 2019-yilning 6-yanvarida «Redmi-5» rusumli telefonlarni, 17-yanvar kunida  «Samsung» rusumli planshetni sotganligi aniqlandi. Sud sudlanuvchi H.Ahmedovga jazo tayinlashda muqaddam sudlanib, qasddan yangi jinoyat sodir etganligini jazoni og‘irlashtiruvchi,  aybiga iqrorligi, pushaymonligi, shaxsiy va oilaviy sharoitining og‘irligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra 2019-yilning 4-fevralidan boshlab H.Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi  JK 169-moddasi 3-qismining «a» bandida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblanib, unga 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi, O‘zbekiston Respublikasi JK 59-moddasi 8-qismiga  asosan tayinlangan jazoga jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 2019-yil 1-apreldagi hukmi bilan tayinlangan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun uzil-kesil 5 yil-u 7 oy ozodlikdan mahrum etildi. H.Ahmedovga jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar H.Ahmedov tomonidan qoplanishi belgilandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Mirzo Ulug‘bek tuman sudi raisi

Muhammad Qayumov

Yana o‘qing:  Jajji malikalarning katta g‘alabalari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: