Bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani ayollar ahloq tuzatish koloniyasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.

Inson umr yo‘llarida ba’zan adashishi, bilib-bilmay xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Ammo, o‘z vaqtida xatosini anglab, to‘g‘ri yo‘lni tanlay olgan kishining kelajagi, albatta, yorug‘ bo‘ladi.

“Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” deb nomlangan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham koloniyadagi ayollarning ko‘ngliga iliqlik, qalblariga bahoriy kayfiyatni olib kirishdan iboratdir.

Mazkur tadbir doirasida ayollar uchun fond tomonidan kiyim-kechak, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordamlari topshirildi. “O‘zbegim yoshlari” guruhi tomonidan ijro etilgan konsert dasturi barchaning qalbiga ko‘tarinkilik olib kirdi.

M.QURBONBOYEVA

Яна ўқинг:  ТАЪЛИМ ТИЗИМИГА БАҒИШЛАНДИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: