Anvar qori Tursunov vafot etdi

Inna lillahi inna ilayhi roji’un.

Bugun O‘zbekiston xalqi, qo‘shni qardosh millat xalqlari og‘ir judolikka uchradi. Ko‘p yillar dini islom uchun, ma’rifat uchun xizmat qilib kelgan taniqli ulamo, navoiyshunos olim, Toshkent shahar bosh imom-xatibi ustoz Anvar qori Tursunov foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildilar. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi xabar berdi.

O‘lim haq. Alloh taoloning irodasiga itoat etamiz. Ustozimiz hayotlarida ko‘p mashaqqatlar, sinovlarni boshlaridan o‘tkazdilar. Biroq Parvardigorimiz ato etgan yuksak iroda bilan, sabr bilan butun umrlari davomida islomga, millat ma’naviyatining o‘sishiga, ma’rifatga, kitobxonlik va mutolaaga, ayniqsa yosh avlod tarbiyasiga xizmat qilishdan charchamadilar. O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, ulamolar, imom-xatiblar va mudarrislar Anvar qori Tursunovning oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, Allohdan bu og‘ir judolik paytida barchaga sabr so‘rab qoladi. Alloh taolo ustiozimizning dinimiz rivoji yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, qilib o‘tgan barcha ezgu amallari ajrini oxiratda O‘ziga ma’lum adadlarda ko‘paytirib bersin, jannatlari ila mukofotlasin.

Ustozimizning qoldirgan ilmiy meroslari, va’zu irshodlari, mav’izai hasanalaridan xalqimiz ko‘p yillar manfaatdor bo‘lishini muyassar aylasin. Ustozimizning oxiratlari obod bo‘lsin.

Janoza namozi bugun, 13 iyun kuni  ustozimiz o‘zlari imom-xatib bo‘lib faoliyat yuritgan “Minor” jome masjidida Asr namozidan so‘ng ado etiladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Yana o‘qing:  Yangi hayvonot bog‘i ish boshladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: