Ajdodlarga munosib avlod

O‘zbekistonlik iqtidorli o‘quvchilar 52-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Belarus poytaxti Minsk shahrida kimyo fani bo‘yicha 52-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli bellashuvda dunyoning 22 mamlakatidan kelgan 130 nafardan ziyod yoshlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

E’tiborlisi, o‘zbekistonlik 12 nafar maktab o‘quvchisi mazkur olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra Dildora Hakimboyeva va Zebuniso Tursunova kumush medali sohibi bo‘ldi. Saida Ortiqboyeva, Islomjon Karimov, Ulug‘bek Boyirbekov va Jaloliddin Oloviddinov esa bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Yana o‘qing:  Prezident Namanganga keldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: