Afv etilgan yoshlar bilan uchrashuv

Poytaxtimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida kafolat xati asosida sud zalidan olib chiqilgan yoshlar, odam savdosidan jabrlangan, uzoq muddatga chet elga chiqib qaytib kelgan hamda ichki ishlar profilaktik hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Jamiyatda men tanlagan to‘g‘ri yo‘l” mavzuidagi davra suhbatida mutaxassislar mazkur toifadagi yoshlarning ijtimoiy huquqiy ongini yanada oshirish, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishida yaqindan ko‘mak berish borasida maslahat va tavsiyalar berishdi. Shuningdek, tadbir tashkilotchilari tomonidan bu yoshlar uchun buyuk ajodlarimizning bebaho merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Hazrati Imom majmuasi hamda me’moriy obidalar bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va buni keskin kamaytirish, ularning diniy-ma’rifiy, huquqiy-siyosiy bilimlarini yanada oshirish borasida qatnashchilarga 200 dan ortiq siyosiy-huquqiy adabiyotlar hadya etildi.

Yana o‘qing:  “Salomatlik poyezdi” Navoiy viloyatida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: