8 yillik tanaffusdan so‘ng…

 O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining tashabbusi bilan sakkiz yildan buyon faoliyati to‘xtab qolgan Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi va yana faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Qayd etib o‘tish lozimki, o‘z vaqtida mazkur federatsiya o‘zbek karatesining asosiy bo‘g‘ini hisoblanardi. Ammo so‘nggi yillarda tashkilot faoliyati to‘xtab qolgandi.

Qayta jonlantirilgan federatsiyaga Alijon Hamroyev rais etib saylandi. Qahramon Dehqonov va Doniyor Qurbonboyevlar rais o‘rinbosari lavozimida ish olib boradi. Husniddin Sopiyev esa Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Yig‘ilishda Toshkent shahridagi 40 nafardan ortiq murabbiy, hakam va karate fidoyilari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston karate federatsiyasi ijrochi direktori Otabek Qosimov mamlakat poytaxtida federatsiya yo‘qligining o‘zi karate sportining qay ahvolga kelib qolganidan dalolat berishi, bundan buyog‘iga yangi tashkil etilgan federatsiya oldiga jiddiy talablar qo‘yilishi, ish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi haqida gapirib o‘tdi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Chekka hudud aholisi e’tibordan mamnun

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: