1 apreldan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi pullarini to‘lashning yangi mexanizmi ishga tushadi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonining qulayligi va soddaligi yuzasidan tanqidiy tahlillar olib borilmoqda. Ushbu masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa pullarining o‘z vaqtida to‘lanishi va to‘lov jarayonini soddalashtirish masalasi qattiq tanqid qilindi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra vazirlik rahbariyati tomonidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lashda axborot texnologiyalari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz aloqa shakllarini joriy etish, shuningdek, talab etilayotgan hujjatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va to‘lov jarayonini soddalashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Natijada, joriy yilning 1 martidan boshlab xarajatlar smetalari bo‘yicha bo‘sh turgan (iqtisod qilingan) mablag‘lar hisobidan nafaqalarni to‘laydigan byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari va moliya organlari bilan kelishmagan holda “UzASBO” dasturiy majmuasiga mustaqil ravishda o‘zgartirish kiritish orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lab berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, qo‘shimcha hujjatlarni (yashash joyidan ma’lumotnoma, nikoh tuzilganlik to‘g‘risida guvohnoma, mehnat daftarchasi va pasportning nusxalarini) taqdim etish bo‘yicha talab bekor etilib, o‘rnatilgan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.

Elektron tarzda talabnomalarni taqdim etish jarayonini joriy etish byudjet tashkilotlarining (qog‘oz va pochta) xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi hamda ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini o‘z vaqtida to‘lab berilishini ta’minlaydi.

Moliya vazirligi axborot xizmatiga ma’lumotlariga ko‘ra mazkur mexanizm 2018 yil 1 aprelidan boshlab to‘liq ishga tushiriladi.

Yana o‘qing:  “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: