Mening bitta singlim bor,
 	Yagonadir-yagona.
 	Ko‘zlari munchoq-munchoq,
 	Kipriklari uzunchoq.
 	O‘zi shirin qizchadir,
 	Yuzi shirmoy kulchadir.
 	Qiqir-qiqir kuladi,
 	Bu yil beshga to‘ladi.
 	Umida FOZILOVA,
 	Poytaxtimizdagi 70-umumta’lim maktabi 5-sinf o‘quvchisi