Chaqaloqning bosh sohasini ehtiyot qilishda nimalarga e’tibor berish zarur?

Yangi tug‘ilgan bolaning suyagi mo‘rt bo‘ladi. Ozgina ehtiyotsizlik ham unda tuzatib bo‘lmas asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, jazirama kunlarda chaqaloqning bosh sohasi jiddiy e’tibor talab qiladi.

Yangi tug‘ilgan go‘dakning bosh chanog‘i bir necha o‘zaro birikmagan suyaklardan iborat bo‘ladi. Ushbu suyaklar orasida yumshoq joylar, ya’ni liqildoqlar borligini sezish mumkin.
Ular bola tug‘ilishi va tashqi muhitga moslashishida muhim o‘ringa ega.
Birinchidan, bosh liqildoqlari tug‘ruq jarayonini osonlashtirib, bolaning qo‘shimcha xavfsizligini ta’minlaydi.

Tug‘ruqdan so‘ng vaqt o‘tib bolaning boshi asl shakliga qaytadi.
Ikkinchidan, liqildoqlar tabiiy amortizator bo‘lib xizmat qiladi. Bolaning boshiga biror narsa tegib ketsa, u zarb kuchini kamaytiradi.

Chaqaloqlarda kattalardan farqli o‘laroq tana harorati muvozanatini saqlash tizimi hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Liqildoqlar esa bu tizim vazifalarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi.
Bundan tashqari, go‘dakning tana harorati ko‘tarilganda liqildoqning yupqa membranasi miyani tabiiy holatda sovutadi.
Bola chinqirib yig‘laganda liqildoq sal shishadi.
Ichiga botgan liqildoq esa odatda organizm suvsizlanganidan darak beradi. Bu holat kuchli ich ketishi yoki qusish oqibatida yuzaga keladi. Bunday holatda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Ota-onalar bolada liqildoqning bitishiga alohida ahamiyat berishlari lozim. Bunda go‘dakning yoshiga muvofiq tana og‘irligi va boshining umumiy aylanasi ham hisobga olinishi muhim. Liqildoqning bitish muddati 3 oydan 24 oygacha, ba’zan undan ortiq vaqtgacha o‘zgarib turadi.

Shozoda KARIMOVA,
pediatr

Yana o‘qing:  Ruhiyat ko‘rinishlari: sog‘liq va bemorlik chegaralarida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: